Sahifalar

So'rovnoma

Saytimiz sizga maqulmi?
Всего ответов: 439

Mini Chat

200

Reklama

Top 10 MP3

Markaz - Avto Party Radius21.mp3

Farruh-Hamraev-Mensiz-Yashab_Kor.mp3

Farrux Xamraev & Hushnud -- Yor ketdi.mp3

Sardor_Rahimxon-Oh_Buhoro_Parilari.mp3

Benom_Shaxzoda-Sevgi_Maxzun.mp3

Ziyoda-Tasanno.mp3

Farruh-Hamraev-Qozogiston-Gozali.mp3

shaxboz ft navruz - xayr maktab.

Marka Z - Jonimga tegma (New 2012)

Googosha - Jigarbandim otam (2012)

Top 10 KLIP

Yulduz Usmonova - Gulisan (GooGooshaga atalgan) 2013

Shaxriyor & Farruh soipov - We play (Xit)

Ulug'bek Rahmatullaev (New premiera 2013)

Lola & Shohruxhon - Yig'lar osmon

Davr guruhi - Yuragimdasan

Shoxrux - Yoron ey (New Premiere 2012)

Inna - Caliente

Инфинити - Я Так Скучаю

Celia - Love 2 Party feat. Mohombi

Винтаж - На, На, На feat. Bobina

Главная » Статьи » SMS SHERLAR » SMS Student Sherlar

Sms Sevgi Sherlar
Sms sevgi Sherlar
Категория: SMS Student Sherlar | Добавил: Vertu_Studio (03.10.2012)
Просмотров: 1520 | Комментарии: 458 | Теги: Sms Student Sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 4581 2 3 ... 45 46 »
458 Muallif: Vertu_Studio 22.12.2012

Qora sochlarin yoygan tun
yulduzlar chaqnar porloq oyga
tikilgancha maftun xayol surar
qizaloq labida shirin tabassum
közlarida hayajon bu lahza jon
olar ma'sum tozaki xuddi marjon
gözal oyga u qilib qasd husnin
qilar namoyon muhabbatdan u
bugun mast muhabbat unga
ayon oy böl yölida shamchiroq
qoqilmay yursin ildam yosh
qalbiga solmay firoq Ollohim
bersin chidam



--------------------
457 Muallif: Vertu_Studio 22.12.2012

Dunyodan kechganman – sen
ham mendan kech,
Yuragim adog’in ko’zlama, jonim,
Quyoshim vasliga yetolmadim
hech –
Qo’yib ber – yig’lasin bugun
osmonim.
Men senda yorimni ko’rib
adashdim,
Men senga jonimni qildim
omonat.
Men senga borimni berib
adashdim –
Qo’yib ber – kuylasin bugun
nadomat.
Endi ayriliqdan tonganim bekor,
Alamli so’nggiga yetdi ertagim.
Seni deb bir umr yonganim
bekor –
Qo’yib ber – muzlasin bugun
yuragim.
Men ojiz – yuraging o’zgaga
tortar,
Ichimda tosh bo’lib qotdi
rashklarim.
Ertaga ko’zlarim o’zga yor artar –
Qo’yib ber – tinmasin bugun
ashklarim.
Diydorning kasriga g’urur
qoldimi,
Qasos olmoqlikka hozir yolg’izlik.
Vaslingga yetishmoq armon
bo’ldimi –
Qoyib ber – yayrasin bugun
sensizlik.
Baxt deb bilgan yoring
qo’llaridan tut,
Mening qo’lim tutgan sodiq
alamim.
Har qanday so’zingga dil saqlar
sukut –
Qo’yib ber – so’ylasin bugun
qalamim!



--------------------
456 Muallif: Vertu_Studio 22.12.2012

Qalbimda sevgim bilan,
Bugun sizni esladim.
Bahorning shamolidan,
Yana sizni izladim.
Bahor qaytib kelsa ham,
Menga sevgim qaytmadi.
Sevgim qalbim esza ham,
Ammo,sizga aytmadim.
Qalbda sog'inchlar ila,
Sizga maktub yo'llayman.
Mehrimni unga qo'shib,
Bahor bilan qutlayman.
Lekin ushbu maktubim,
Yetkaza olmas hech kim.
Faqatgina shamolga,
Ayta olaman sevgim...
Qani o'sha shamolga,
Aylanib qolsam o'zim.
Borib yorim yoniga,
Shivirlab derdim "BEGIM"
Mening bedor qalbimga,
Bahor kirib kelmadi.
Chunki qalbim egasi,
Sevgim qadri bilmadi...



--------------------
455 Muallif: Vertu_Studio 22.12.2012

MUHABBAT
Muhabbat — chiroyli kapalak,
qo`rqaman sho`rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yonimda,
yodimda yo`q ammo
yetganim.
Yuragim ranjigan boladay
na ermak, taskinga ko`nadi.
Muhabbat — chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qo`nadi.
Ortidan halloslab chopaman,
xijolat bo`laman go`rlikdan

qanchalik yugurmay, baribir
orqada qolardim sho`rlikdan



--------------------
454 Muallif: Vertu_Studio 22.12.2012

Ha sevaman! Buni etmayman
inkor,
Behuda emasdi ko'ngil izhorim.
Shubhalar hammasi-hammasi
bekor,
Sababi bu emas qat'iy qarorim.
Bugun tushundim men taqdir
hazilin,
Bugun menga ayon zim-ziyo
sirlar.
Bugun bildim tenging
emasligimni,
Bugun bu ko'z yoshlar qalbimni
tirnar.
Taqdir atalmish bu muhtasham
saroy,
Biz ikkimiz uchun ko'tarmagan
qad.
Bahor ham shunchalar bersada
chiroy,
Birga ko'rolmadi bizlarni faqat.
Uzr so'ramayman ketish oldidan,
Chunki sevish, ahir, emasku
gunoh,
Bosh olib bu yerdan sening
vaslingdan,
Bilmayman qayerdan toparman
panoh.
Ho'p, mayli, uz endi sevging
rishtasin,
Hayotda bahting top deb
qilaman nido.
Yagona tilagim, qayg'u neligin,
Bilmasdan yashagin, Hayr!
Alvido!



--------------------
453 Muallif: Vertu_Studio 22.12.2012

Yodingdami ikkimizkezgan
xiyobon,
Sevgimizga ulkan daraxtlar
guvoh.
Bizga havas qilib yulduzli osmon,
Har tun makonidan berardi
panoh.
Endi muhabbatning ko'zlarida
yosh,
Visolga etmagan kunni
qarg'aydi.
Nene azoblarga dosh bergan
bardosh,
Endi ayriliqqa dosh berolmaydi.
Ayriliq oh bu qadar azob,
Uning taftlaridan muzlaydi
yurak.
Sensiz yasholmadim yasholmam
ortiq,
Sensiz yashash o'zi kimga ham
kerak.



--------------------
452 Muallif: Vertu_Studio 22.12.2012

Chamanlarda gulbarglarning
atridan,
Bo'stonlarda g'unchalarning
qatidan.
Shoirlarning baxt bitilgan
satridan,
Izladim qaylardasan muxabbat?
Ko'zlarimdan yulduzlar to'kilgan
dam,
Bargday titrab,umidlar so'kilgan
dam,
Dilga o'q tegib, qalb bukilgan
dam,
Izladim qaylardasan muxabbat?



--------------------
451 Muallif: Vertu_Studio 22.12.2012

Umrning eng so'nggi kuniga
qadar,
Ko'zlaringda ko'rsam baxtli
onlarni.
Ishqimiz yashasin toabad,
deyman,
Bizga hadya etib oppoq
tonglarni.
Bu yo'lda qalbingning pokligi -
yordam,
Ul go'zal ruhingning oqligi -
yordam.
Umrimni sen bilan yashayin
deya,
Qalbimning ishqingdan chog'ligi
– yordam



--------------------
450 Muallif: Vertu_Studio 22.12.2012

Hayot achchiq bölsa aybdor
sizmas,Mayli omad
kelmasa-
kelmas,Ma***r bowingiz
egmang sira ham,Qöying
öwa
sizni sevmasa sevmas,Öt
qöying!kuydirib yozgan
xatiga,Sizdayin owiqni
bilmasa
bilmas,Unga baxtli bölib
körsatib qöying,Öylanmang
u
sizni sevmasa sevmas,Siz
baxtsiz emassiz uni yod
etib,U
ham bir insonda kökdagi
oymas,Unga sevib
sevilmoqni
örgatib qöyin,Mayli öwa
sizni
sevmasa sevmas



--------------------
449 Muallif: Vertu_Studio 22.12.2012

Sevgi mening kechmishimdir,
bugunimdir,
Olovimdir, kulimdir, ham
kukunimdir.
Bu yo'llarda oxir bir kun
to'kilgumdir,
Sevgi mening ko'nglimdagi
tugunimdir.
Bu tugunni yecholmadim,
yecholmadim,
Siz o'ylagan daryolardan
kecholmadim.
Sevgi mening erib ketgan
qorimdirur,
So'ng boychechak bo'lib ungan
zorimdurur.
Yakka-yolg'iz qolib ketdi
majnuntolim,
Majnuntolim, xabar olgil, qiyin
holim.
Sevgi mening shovullagan
teragimdir,
Yulduz kuygan, oy yig'lagan
kuragimdir.
Qumga singib ketgan tiniq
jilg'am mening,
Qumda lola unsa agar ilg'ang
meni.
Sevgi mening nayson yuvgan
ko'ylagimdir,
O'lgunimcha o'ylagumdir,
o'ylagumdir.
Quyosh ko'rpa qavib qo'ygan
bog'imdir u,
Ko'ksimdagi dog'imdir u,
dog'imdir u.
Sevgi mening munisgina
chirog'imdir,
Dilga yaqin, lekin ko'zdan
yirog'imdir.
Qaniydi o'z qadamimni puxta
qo'ysam,
Bir xol birlan bu savdoga nuqta
qo'ysam.
Sevgi mening hech tuganmas
azobimdir,
Guvohimdir, gunohimdir,
savobimdir.
Butun umr shunday o'tar
ko'ngillarim,
Ey,siz mening gulgun uka-
singillarim,
Sevgi tiniq kulgungizdir, saqlang
uni,
Sizning go'zal mulkingizdir,
asrang uni.



--------------------
1-10 11-20 21-30 ... 441-450 451-458
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]